Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy garbiya va sport universitetida Paralimpiya fakultetining Adaptiv jismoniy tarbiya va sport ksfedrasi tomonidan “Adaptiv jismoniy tarbiya va sportning dolzarb muammolari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Unda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori B.Musayev, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktor o‘rinbosari L.Xolmurodov, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri O.Dadaboyev, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda onlayn tarzda ushbu sohada faoliyat olib borayotgan respublika va xalqaro miqyosdagi mutaxassislar ishtirok etishdi.
Anjuman davomida paralimpiya sportchilarini psixologik qo'llab-quvvatlashda psixofiziologik yondashuv tajribasini ishlab chiqish, yosh bolalarning periferik gemodinamikasining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o'quv mashg'ulotlarini tashkil qilish kabi dolzarb masalalarda taqdimotlar qilindi. Shuningdek, ayni damda Rossiya Federatsiyasining P.F.Lesgaft nomidagi Sankt-Peterburg milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universitetida ilmiy malakasini oshirayotgan Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kefedrasi o‘qituvchisi L.Sobirova ham mazkur sohadagi yangiliklar va olib borilayotgan o‘ziga xos tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.
Yakunda esa anjuman ishtirokchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.