“Yoshlar oyligi” munosabati bilan harbiy qismlar bilan hamkorlikda “Zamonamiz qahramonlari bilan uchrashuv!”, "Uch avlod uchrashuvi" mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlar bugun Chirchiq shahrida joylashgan 71201 harbiy qism hamda Angren shahrida joylashgan 42219 harbiy qismlarda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitetning Kurash va Ko‘pkurash fakulteti talabalari hamda fakultetlarning yoshlar yetakchilari shuningdek, chempion talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirlar davomida talabalar harbiy qism hayoti bilan yaqindan tanishib ular uchun tashkil etilgan qurol-aslahalar ko‘rgazmasida ishtirok etdilar. Chempion talabalar ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi. Bir so‘z bilan aytganda talabalarning harbiy qismda o‘tgan bir kuni taassurotlarga boy bo‘ldi.