Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Talabalar turar joyi hovlisida “Bilim va tafakkurimiz – shu el uchun, shu yurt uchun” shiori ostida davom etayotgan “Yoshlar oyligi” munosabati bilan Sportni boshqarish va turizm fakulteti talaba-yoshlari tomonidan gitara shousi tashkil etildi.
Unda shuningdek, universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Mirzanov, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi X.Tursunov, fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutor hamda tarbiyachi-pedagoglar ham ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan jo‘r bo‘lib qo‘shiq kuylashdi!
Qayd etish kerakki, sho‘x kuy-qo‘shiqlar-u jozibador raqslarga boy tarzda o‘tgan ushbu shou talaba-yoshlarning maroqli dam olishiga xizmat qildi.