Joriy yilning 1-iyun kunidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari uchun “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o‘rganish” mavzusida o‘quv seminarlari belgilangan reja-jadval asosida o‘tkazilishi boshlandi.
Dastlabki o‘quv seminar Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy ilmiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi U.Burliyev tomonidan olib borildi va unda Sport o‘yinlari fakulteti hamda Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakulteti talabalari ishtirok etdilar.