2023-yil 29-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Tibbiyot fakulteti dekani G.Sultanov bilan talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda fakultetning 1-kurs talabalariga o‘z yashash manzillaridagi Tibbiyot birlashmalarida tanishuv amaliyotini samarali o‘tash va mavjud tartib-qoidalar bo‘yicha mas’ullar tomonidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, bu yilgi o‘quv yilini a’lo baholarga tamomlagan talaba-yoshlar e’tirof etilib, ularga tashakkurnomalar topshirildi.