#UNIVERSIADA_2022
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning regbi-7 turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida “Universiada – 2022” sport musobaqalarining Respublika final bosqichiga start berildi.
Unda 12 ta viloyatdan tashrif buyurgan jamoalar to‘rt guruhga bo‘linib, o‘zaro g‘oliblik uchun bahsga kirishishdi. Xususan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalaridan iborat Toshkent viloyati jamoasi musobaqaning ilk kunini yuqori natijalar bilan boshladi.