Joriy yilning 24-25 may kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida keng aholi qatlamlari orasida ommaviy sportni rivojlantirish hamda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida universitet hududidagi mavjud mahalla yoshlari o‘rtasida sportning voleybol turidan “Liga” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in jarayonlarga boy tarzada o‘tgan musobaqada talabalar bilan birgalikda harakat qilgan mahalla yoshlari ham voleybol sport turiga bo‘lgan qiziqishlari yuqori ekanliklarini isbotlashdi.
Musobaqa so'ngida sovrindorlarga kubog va esdalik sovg‘alari topshirildi.