#Teatr_haftaligi
Xabaringiz bor, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy hafta “Teatr haftaligi” deya eʼlon qilindi.
Shu munosabat bilan kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Kurash, Sport o‘yinlari hamda Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakultetlari talabalari ishtirokida Toshkent shahridagi “Satira” teatriga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida taniqli aktyorlar tomonidan jahon hamda o‘zbek durdona asarlari asosida sahnalashtirilgan o‘ziga xos spektakllar namoyish etildi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni doimo jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan mushohada yuritishga xizmat qilayotgan ushbu teatr haftaligi barcha talabalarda katta taassurot uyg‘otmoqda!