Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining Olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish boshqarmasi, Taʼlim muassasalari bilan ishlash va uslubiy taʼminlash bo‘limi boshliqlari hamda universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan R.Matkarimov so‘nggi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan keng islohotlar, xususan, mazkur universitetda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari haqida taʼkidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng R.Matkarimov O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining tegishli buyrug‘i bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga Mirzanov Sherzod Sirlibayevich tayinlanganini o‘qib eshittirdi.