Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrant va talabalari “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan onlayn amaliy-uslubiy seminarda ishtirok etishdi.
Unda “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktor o‘rinbosari J.Axmedov tomonidan onlayn tarzda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovlarini o‘tkazish tartibi, ajratilgan kvotalar, ustuvor yo‘nalishlar, tanlovni tashkil etish mexanizmi, elektron hujjat topshirish platformasining ishlash tartibi hamda nufuzli xorijiy OTMlarda o‘qish, malaka oshirish imkoniyatlari xususida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.