#õzmaqsadlaringnibil
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining fakultetlari kesimida tashkil etilayotgan Konstitutsiyaviy Qonun loyihasiga bag‘ishlangan navbatdagi targ‘ibot tadbiri oliygohning Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbir qatnashchilari universitetning Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Z.Xushvaqtovning konstitutsiya tushunchasi hamda uning turlari, shuningdek, referendumni o‘tkazish va unda qatnashish tartibiga oid qimmatli maʼlumotlarni o‘zida mujassam etgan maʼruzasini diqqat bilan tinglashdi.