#õzmaqsadlaringnibil
Xabaringiz bor, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida fakultetlar kesimida talaba-yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar muhokamasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Shunday tadbirlardan biri, bugun, oliygohning Yakkakurash sport turlari fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilib, unda universitetning Bosh yurist konsulti B.Sirojov tomonidan yangilanayotgan konstitutsiyadagi normalarning ahamiyati va o‘zgarishlar zaruriyati, shuningdek, unda shaxslarning huquqlari, erkinliklari bilan birga majburiyatlari ham aniq tarzda ifodalanayotganligi misollar asosida tushuntirilib berildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.