Joriy yilning 31-mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yakkakurash sport turlari fakultetining Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan talabalar o'rtasida qilichbozlik sport turi boyicha o'zaro ichki musobaqa tashkil etildi.
Unda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustasi, olimpiyada o'yinlari sovrindori hamda 3 karra Jahon chempioni Sobirjon Ro'ziyev hakam sifatida ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, mazkur musobaqa kelgusida bo'lib o'tadigan respublika va xalqaro chempionatlar oldidan puxta tayyorgarlik ko'rish imkonini berdi.
Yakunda esa sovrindor bo‘lgan talabalar diplom va g‘oliblik medallari bilan taqdirlanishdi.