Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida "Yangilanayotgan Konstitutsiya – yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi" shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda Oliy majlis senatori, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Kutbidin Burxanov, Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Moxira Xodjayeva, universitet rektori Maxmudjon Boltabayev, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida senator va deputatlar, qolaversa oliygoh rektori tomonidan ham referendum tushunchasining mazmun-mohiyati, uning saylovdan asosiy farqi, shuningdek, yangilanayotgan Konstitutsiyaga kiritilayotgan barcha norma va moddalarning ahamiyati hamda unda kelajak ustuni bo‘lmish yoshlarga ayniqsa, ijtimoiy soha, jumladan, taʼlimga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, bu yangilanishlar esa har vaqt insonlar manfaatiga xizmat qilishi huquqiy jihatdan mustahkamlanayotganligi to‘g‘risida atroflicha tushuntirishlar berildi.
O‘z o‘rnida tadbir yakunida talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berilish bilan birga, joriy yilning 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi referendumida Sportchilar oilasi vakillarini faol bo‘lishlika chaqirildi.