2023-yil 15-mart kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi tomonidan oliygohning iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida “Sportchi talabalarning ilmiy tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirishda ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar integratsiyasi” nomli ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi.
Anjuman davomida unga kelib tushgan 100 dan ortiq ilmiy maqolalar ko‘rib chiqilib, shulardan 29 tasi saralab olindi hamda mazkur maqolalar egalari sertifikat bilan taqdirlanishdi.
Kafedra bosqichida faol ishtirok etgan ushbu talabalar fakultet bosiqichiga tavsiya qilindi.