#UNIVERSIADA_2022
Surxondaryo viloyatida Badminton sport turi bo‘yicha “Universiada_2022” sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalaridan tashkil topganToshkent viloyati terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
Barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Universitet jamoasi talabalarni tabriklagan holda, Toshkent viloyati terma jamoasiga keyingi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilaydi!