Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan amerikalik mutaxassis, dunyoning 120 dan ortiq mamlakatlarida o‘zining tadqiqot va treninglarini o‘tkazgan sport olimi, Global Sport Technology kompaniyasi (AQSH) katta fiziologi (PhD) Genadijus Sokolovas ishtirokida “Suv sporti turlarida sportchilar tayyorgarligini takomillashtirish” mavzusida Xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B.Musayev, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor J.Zarifboyev, bo‘lim rahbarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, magistrantlar va talabalar ishtirok etishdi.
Seminar davomida mutaxassis tomonidan suzish sport turining taraqqiyot modellari, o‘ziga xos test ususllari yordamida tezlik va kuchni o‘lchash orqali sportchilarning suzish texnikasini aniqlash hamda yaxshi natijalarga ega bo‘lish uchun har bir zarba, harakat, nafasni tahlil etish zarurligi, shuningdek, uzoq muddatli moslashish va tiklanish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi bir nechta matematik modellardan foydalangan holda yuqori natijadorlikka erishish mumkinligi kabi muhim masalalar bo‘yicha taqdimot qilindi.
Seminar yakunida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, kerakli javoblarni olishdi.