O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi yoshlarning sport turlariga bo‘lgan qiziqishlari aniqlash maqsadida shaharda joylashgan umumiy o‘rta taʼlim maktablarida sportning Belbog‘li kurash va Kurash turlaridan mahorat-darslari o‘tkazildi.
Shuningdek, mutaxassislar yoshlarga universitetda tashkil etilgan sport to‘garaklari haqida ham maʼlumotlar berishdi.
Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-414-sonli qarorining 4-ilovasi 40-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.