Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2022-2023 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sohiblariga aylanishgan oliygohning 12 nafar iqtirdorli talabalarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda bo‘lim rahbarlari, fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida bir qator professor-o‘qituvchilar va stipendiyatlarning ota-onalari so‘zga chiqib, talabalarning mazkur yutuqlari bilan samimiy muborakbod etishdi. Taqdirlash marosimining avvalida esa Sportni boshqarish va turizm fakulteti dekani A.Tillyoxadjayevga “Ilm-fan iftixori” esdalik ko‘krak nishoni topshirildi. Shundan so‘ng 12 nafar stipendiyatlarga maxsus guvohnoma va esdalik sovg‘alari mas’ullar tomonidan tanatanali ravishda topshirildi hamda ularga ham o‘zlarida kechayotgan kechinmalarni tendoshlari bilan o‘rtoqlashish uchun so‘z navbati berildi.