Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti sabab Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Chirchiq shahar hokimligi bilan hamkorlikda arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarka davomida talabalar kunlik ehtiyojlariga zarur bo‘ladigan sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, yog‘, tuxum, go‘sht va sabzavotlarni arzon narxlarda xarid qildilar va ular bundan juda mamnun bo‘lishdi.