#xalqaro_hamkorlik
Xabaringiz bor, joriy yilning 17-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Koreya Milliy sport universiteti Prezidenti boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurgan edi.
Tashrif asosida ikki tomon o‘rtasida xalqaro munosabatlarni o‘rnatish bo‘yicha hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Shundan so‘ng, delegatsiya vakillari Samarqand viloyatidagi diqqatga sazovor joylarini kuzatish bilan o‘z safarlarini davom ettirdilar.
Kecha esa Koreya Milliy sport universiteti prezidenti janob Yongkyu Ahn hamda Osiyo-Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev o‘rtasida samimiy ruhda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida Paralimpiya harakatining barcha yo‘nalishlarida do‘stona hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tajriba almashishga kelishib olindi.
Shu bilan Koreya Milliy sport universiteti Prezidenti boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistondagi safari o‘z yakuniga yetdi.