Joriy yilning 6 yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2022 o‘quv yilida o‘quv, maʼnaviy va maʼrifiy, ilmiy, xalqaro miqyosidagi qilingan ishlar hamda 2023 yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi o‘quv, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilgan ishlar va bu yildagi ustuvor vazifalar, talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘lari tushumi holati, 2023 yilda byudjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘lar bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, taʼlim sohasida korrupsiyaga qarshi kurash hamda ijro intizomi muhokama qilindi.
Shuningdek, bir guruh professor-o‘qituvchilarga professor va dotsent ilmiy unvonlari hamda ilmiy ishlarni muvaffaqiyatli himoya qilgan tadqiqotchilarga PhD diplomlari tantanali ravishda topshirildi.