Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Futbol fakulteti tomonidan talaba-yoshlar о‘rtasida ko‘payib borayotgan jinoyatlarning sabab va oqibatlarini muhokama qilish hamda ularning oldini olishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Chirchiq shahar 3-son IIB jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i, mayor J.Jumanov, universitet Talabalari orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga maʼsul bo‘lgan rektor maslahatchisi U.To‘raqulov, Huquqiy-targ‘ibot maskani inspektori, leytenent N.Agabekov, oliygoh Yoshlar ittifoqi yetakchisi X.Tursunov, dekan o‘rinbosarlari, TTJ terbiyachi-pedagoglari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida bugungi kunda talabа-yoshlar o‘rtasida turli huquqbuzarlik va jinoyat sodir etish holatlari ko‘payib borayotganligi va ularning natijasida yuzaga kelayotgan salbiy oqibatlarni talabalar orasida keng muhokama qilish, talabalarning tengdoshlari tomonidan sodir etilgan bunday salbiy xatti-harakatlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishlari, shuningdek, darslarga o‘z vaqtida hamda muntazam ravishda qatnashishlari eng ustuvor vazifa ekanligi kabi dolzarb masalalar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.
Yakunda esa talabalar ni doimo ogoh va xushyor bo‘lishlikka chaqirildi.