Kuni kecha Koreya Respublikasining Tegu shahrida o‘tayotgan o‘q otish sporti bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir medalni qo‘lga kiritdi. Bu safar ham 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish dasturi barchaning diqqat markazida bo‘lmoqda.
Ta’kidlash joizki, o‘smirlar o‘rtasidagi jamoaviy o‘yinlardagi g‘alabalardan so‘ng, yoshlar jamoamiz ham shohsupaning yuqori pog‘onalariga ko‘tarildi. Musobaqaning munosib ishtirokchilari qatorida bo‘lgan universitetimizning Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakulteti talabalari Muhammad Kamalov, Ilhombek Obidjonov hamda Nuriddin Nuriddinovlardan iborat uchlik – musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘lishdi!
Sportchilarimizga omad hamisha yor bo‘lsin!