Xabar berganimizdek, kuni kecha 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘iga 31 yil to‘lganligi munosabati tashkil etilgan “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda — birga yuguramiz” shiori ostida o‘tkazilgan “Yangi nafas” marafoni yurtimizning ko‘plab yoshlarini, shu qatorda rahbar xodimlar ishtirokini ham qamrab oldi.
Xususan, ushbu musobaqada oliygohimizdan Xumo arenasi bo‘ylab tashkillashtirilgan marafonda 100 nafar, “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi marafonda 200 nafar, Chirchiq shahrida tashkillashtirilgan marafonda 500 nafar talabalarimiz ko‘ngllilar sifatida qatnashishdi.
Shuningdek, respublikamiz bo‘ylab, ya’ni Toshkent, Farg‘ona, Qo‘qon, Samarqand, Navoiy hamda Termiz shaharlaridagi marafonlarda esa universitetning Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasidan 10 nafar professor-o‘qituvchilar, 40 nafar volontyor talaba-yoshlarimiz tashkiliy ishlarda faol ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy olishdi.