Xorijiy tillar kafedrasi tarixi
O‘zbek va chet tillari kafedrasi o‘z faoliyatini 1958 yilda boshlagan. Dastlab unga filologiya fanlari nomzodi, dotsent L.Kremensov, keyinchalik M.Umarov va M.Finkelshteynlar rahbarlik qilgan. O‘qituvchilardan E.Abdalina, L.Bikova, L.Lyublinskaya, G.Fruminkalar kafedra faoliyatiga tamal toshini qo‘ygan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 1985 yildan 2006 yilgacha kafedrani boshqargan pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Bahodir Siddiqovich Rajabov davrida o‘quv-me’yoriy hujjatlar qayta tahlil etilib, terma jamoa a’zolari bilan yakka va umumtartibda mashg‘ulotlar olib borish uslubiyati shakllantirilgan, o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan. O‘zbek, rus, ingliz va nemis tillarini talaba-yoshlarga o‘rgatish, ularda til bilish ko‘nikmalarini shakllantirish, tillarning jozibadorligini ko‘rsatish asnosida talaba-yoshlarning ma’naviy olamini boyitishda jonkuyar pedagoglar L.Livitskaya, L.Li, L.Krushinina, L.Novgorodova, D.Nug‘monova, V.Ryabishkin, N.Xolxodjaeva, O.Shelyagina, R.Levina, E.Ivannikova, K.Lazarevskaya, Z.Annenkova, R.Voxidova, F.Xodjaeva, V.Elizova, Z.Yuldasheva, B.Gaynazarova, K.Korsunskaya, G.Qurbanqulova va D.YArashevalar sidqidildan mehnat qilishgan. 1991 yilda kafedrani «O‘zbek va chet tillari» nomini oldi. 2006-2008 yillarda unga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nodir Nasrievich G‘afforov, 2008-2014 yillarda katta o‘qituvchilar Muborak Saidkarimovna Ayxodjaeva, YArasheva Dildora Nabievnalar rahbarlik qilgan. 2014 yildan hozirgacha kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Feruza Rahmatullaevna Norboeva boshqarib kelmoqda. Unversitetning 2020 yil 29 avgvustdagi Kengashi qarori bilan 2020 yil sentyabr oyidan kafedra Xorijiy tillar nomi bilan qayta tashkil etildi. Hozirgi kunda kafedrada 33 nafar professor-o‘qituvchi jumladan 1 fan nomzodi 9 nafar katta o‘qituvchi, 23 nafar o‘qituvchi va stajer-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Kafedrada 2020-2021 o‘quv yilida bakalavr ta’lim yo‘nalishlarida “Rus tili”, “Xorijiy til” va “Amaliy ingliz tili”, Magistratura mutaxassisliklarida “Amaliy xorijiy til” fanlaridan amaliy mashg‘ulot olib boriladi. Kafedra mudiri F.Norboevaning tashabbusi bilan talabalarga nemis, fransuz, ispan hamda koreys tillarini o‘rgatish tashkil etildi, bu sohaning iqtidorli yosh kadrlaridan SH.Sobirova nemis tili, fransuz tili M.Ashurova, koreys tilidan T.Li, ispan tilidan O.Achilovlar jalb etildi va talabalar tomonidan zo‘r qiziqish bilan qabul qilindi.
Aynan kafedra xodimlarining maslahati va bevosita yordamida talabalar ixtisosligi bo‘yicha adabiyotlarni o‘qish va tarjima qilish, ilmiy izlanishlar olib borish hamdaturli anjumanlarda faol ishtirok etish imkoniyatlariga ega bo‘lishmoqda. F.Norboeva iqtidorli yosh olima sifatida kafedraning ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida sermazmun ishlar olib bormoqda. Uning rahbarligida fanlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, yuzdan ziyod ilmiy maqola hamda ilmiy ma’ruza va tezislar nashr ettirildi. F.Norboeva o‘z ustida muntazam ishlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish «Iste’dod» jamg‘armasining granti sovrindori sifatida Xitoyning SHanhay universitetida «Axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga qo‘llash» bo‘yicha malaka oshirib kelgan. Kafedra ilmiy salohiyatni kutarish bo‘yicha 2020-2023 yiilar istiqbol rejasiga muvofiq Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ilmiy-uslubiy kengashi 2020 yil 15 dekabrdaga №3 yig‘ilishi bayoniga ko‘ra 13.00.01.-“Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha kafedra yosh istiqbolli kadrlaridan Sobirova SHoira Uzoqovna “Talabalarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslari (Xorijiy til (nemis tili) o‘quv fani misolida)” mavzusida, Rustamov Dostonjon O‘ktam o‘g‘lining “Umumta’lim maktab o‘kuvchilariga ingliz tilida sportga oid atamalarni o‘rgatishning ilmiy-pedagogik asoslari (maxsus raqamli dastur asosida)” mavzusida va Botirbekova Gulchehra Abdumutalovnaning “Ingliz tilini elektron - innovatsion metodlar asosida o‘rganishni rivojlantirishning ilmiy- pedagogik asoslari (jismoniy tarbiya va sport sohasi misolida)” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlaydigan doktorlik dissertatsiya mavzusi tasdiqlanib Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mustaqil izlanuvchiligiga 2021 yildan 2024 yilgacha 3 yil muddatga qabul qilindi va ularga pedagogika fanlari nomzodi F.R.Norboeva ilmiy rahbar etib tayinlandi.
Kafedra mudiri pedagogika fanlar nomzodi (phd)
Norboeva Feruza Raxmatulaevna
Qabul kunlari dushanba - juma soat 15:00 - 17:00
E-Mail - f.r.norboeva@gmail.com
Telefon: +998 (90) 912 01 11
Katta o'qituvchi
Abdumalikova Go'zal Xamzayevna
Yordamchi o'qituvchi
Azizova Maxliyo Maxmatnovna
Katta o'qituvchi
Azimova Umirxon Odilovna
O'qituvchi
Aliyeva Shirin Baxtiyorovna
O'qituvchi
Ashirova Maxbuba Firdavsiyevna
O'qituvchi
Gapparova Alfiya Narimonovna
O'qituvchi
Jo'rayeva Xosiyat Hamidovna
Katta o'qituvchi
Yoqubov Iskandar Qobilovich
O'qituvchi
Kenjaeva Sayyora Xudoyberganova
Yordamchi o'qituvchi
Qarshieva Shaxnoza Shuxrat qizi
Katta o'qituvchi
Qodirov Baxtiyor Ergashevich
O'qituvchi
Li Tatyana Gennadievna
Katta o'qituvchi
Mustafayeva Sarvinoz Suyunovna
O'qituvchi
Muhammedova Matluba Sotvoldiyevna
O'qituvchi
Nosirova Barno Toshpulatovna
O'qituvchi
Rustamov Doston O'ktam o'g'li
O'qituvchi
Sabirova Zebo Baxramovna
O'qituvchi
Sobirova Gulchiroy Ergashbaevna
O'qituvchi
Sobirova Shoira Uzoqovna
O'qituvchi
Tursunbaeva Latofat Toxtamuradovna.
O'qituvchi
Urazbaeva Muxabbat Jasgasbaevna
O'qituvchi
Fayzieva Dinara Maxmudovna
O'qituvchi
Farmonov Bekzod Begmatovich
O'qituvchi
Xalalov Zokir Abdujalolovich
Katta o'qituvchi
Xodjiev Raxim Murodovich
Katta o'qituvchi
Sharipova Sarvinoz Burxonovna
O'qituvchi
Egamnazarova Feruza Axmedovna
O'qituvchi
Achilov Oyatillo Kudratullaevich
©
Saytdagi materiallardan to`liq yoki qisman foydalanilganda, ushbu resursga havola etilishi shart
© 2022 O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
PROACTIVE MEDIA tomonidan ishlan chiqildi