🩺Joriy yilning 26-29 noyabr kunlari BAAning Fujayra shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
✅Quvonarlisi, mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligida terma jamoamiz ham ishtirok etib, munosib natijalarni egallashga muvaffaq bo‘lishdi. Terma jamoa bosh murabbiy Shavkat Mirzaqulov, yordamchi murabbiy Baxtiyor Turg‘unpo‘latov hamda ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Txak shogirdlari 30 dan ortiq davlatlardan 300 nafardan ortiq nomdor polvonlar ishtirokidagi jahon chempionatida umumjamoa hisobida eng ko‘p medallar bilan faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
🌎30 noyabr kuni erta tongda Fujayra shahridan shoda-shoda medallar bilan qaytgan polvonlarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi vakillari, keng jamoatchilik tomonidan tantanali kutib olindi.
Quyida jahon chempionatining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing.
🔺Belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishi:
1. 57 kg. Hayotbek Kamoliddinov
1. 68 kg. Oybek Sultanov
1. 75 kg. Kamronbek Nomozboyev
1. 82 kg. Nusratillo Sultonboyev
1. +100 kg. A’zamjon Anvarjonov
2. 62 kg. Abbosek Ahmadjonov
2. 100 kg. Sarvar Ikromov
3. 62 kg. Jamoliddin Nematullayev
3. 68 kg. Diyorbek Polvonov
3. 75 kg. Murodjon Hamidov
3. 90 kg. Husniddin Ro‘ziyev
3. 90 kg. Bekzodbek Kamoliddinov
3. +100 kg. O‘rinboy Abdusamotov
Qizlar:
1. 52 kg. Arofatxon Muhammadova
1. 66 kg. Dilafro‘z Mamajonova
3. 58 kg. Manzuraoy Mo‘ydinova
3. 76 kg. Muxlisabonu O‘ralboyeva
Klassik yo‘nalish:
1. 57 kg. Hasanboy Urayimov
1. 68 kg. Kamronmirzo Ismonaliyev
2. 57 kg. Nasimjon Tursunov
2. 62 kg. Asadbek Mamataliyev
2. 68 kg. Ortiqjon Yuldoshev
2. 75 kg. Samandar Anvarjonov
2. +100 kg. Davronbek Abduraxmonov
3. 82 kg. Shahzodbek Mirzayorov
3. 82 kg. Fayozbek Abdug‘afforov
3. 90 kg. Pahlavon Umaraliyev
3. 90 kg. Bekzod Abdurahmonov
3. 100 kg. Faxriddin Jamoliddinov
3. +100 kg. Uchqun Xursandov.