➡️Nukus filialida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
💠O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “2025 yilda o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi” doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida “Yozgi olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga sportchilarni tayyorlashning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
🟡Konferensiyada mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda, qo‘shni va xorijiy davlatlarning yetakchi universitetlari olimlari, yosh tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar ishtirok etishdi.
➡️Tadbirni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor Bayrambay Erimbetov ochib berdi. U o‘z nutqida so‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Prezident rahbarligidagi e’tibor va qo‘llab-quvvatlash natijalari haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, sport sohasidagi muvaffaqiyatlarni mustahkamlashda ilm-fan bilan integratsiyani kengaytirish muhim ekani alohida ta’kidlandi.
🟢Konferensiya davomida:
⏺Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti,
🟣Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq–Turk xalqaro universiteti,
⏺O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti,
🔘Innovatsion texnologiyalar universiteti,
🟡O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali hamda boshqa ta’lim muassasalari vakillari o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
📌Ishtirokchilar sportchilarni yuksak natijalarga tayyorlash, zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlar, sport psixologiyasi, jarohatlarning oldini olish, murabbiylik texnologiyalari kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.
🔺Tadbir yakunida ma’ruzachilar tomonidan bildirilgan takliflar asosida:
✔️sport o‘yinlari turlarini ommaviy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi;
✔️kelgusidagi ilmiy izlanishlar va amaliy hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
📝Faol qatnashgan izlanuvchilar va talaba-yoshlar filial rahbariyati tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.