#ilmiy_anjuman
Bugun universitetning O‘zbek va chet tillari kafedrasi tomonidan 2024-yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yiliga bag‘ishlab “Zamonaviy til ta’limi: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-nazariy anjumani o‘tkazildi.
Unda oliygoh rektori Rashid Matkarimov, prorektorlar, kafedra mas’ullari, professor-o‘qituvchilar, Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikasi kabi xorijiy davlat oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, universitetning Farg‘ona filiali va bir qancha mahalliy universitet vakillari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Anjumanni ochib bergan oliygoh rektori kirish so‘zida tilning jamiyatda tutgan o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, anjuman ishiga omad tiladi. Til ta’limining qator muammo va yechimlariga qaratilgan mazkur anjuman davomida soha tili leksikasi va ularning semantik guruhlari, o‘zbek tili darslarida ohang ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘zbek-tojik tillarini qiyosan o‘qitishda didaktik o‘yinlardan foydalanish, shuningdek sport sohasiga doir publitsistik diskurs matnlarda sport terminlarining ifodalanishi kabi qiziqarli mavzularda taqdimotlar qilindi.
Yakunda o‘ziga xos va dolzarb taqdimotlari bilan faol ishtirok etgan anjuman qatnashchilariga sertifikat hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.