Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakulteti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 5-martdagi PF-5368 sonli farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 3-maydagi 331-sonli qarori asosida 2018-yilda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etildi.
Oliy taʼlim muassasalari tarkibida fakultetlarni shakllantirishga qo‘yiladigan talab va meʼyorlardan kelib chiqqan holda, fakultetlardagi talabalar sonini optimallashtirish bo‘yicha Universitet Kengashining 2021-yil 7-iyuldagi 12-sonli bayonnomasida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, “Qishki va murakkab-texnik sport turlari” fakulteti oliy taʼlimni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda rektorning 2021-yil 26-iyuldagi 342/1-U sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan.
Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakulteti – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, taʼlim-tarbiya, sport musobaqalari jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan.
Hozirgi kunda fakultetni rahbari etib pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent S.R.Davletmuratov tayinlangan. Fakultetni tasarrufidagi kafedralarda 30 nafardan ortiq professor-oqituvchilar ish faoliyat olib bormoqdalar, shulardan: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Chernikova Yelena Nikolayevna, biatlon sport turi boʻyicha Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy Serebryakov Sergey Valentinovich, xokkey sport turi boʻyicha sport ustasi va “Doʻstlik” ordeni sohibi Karimov Shukrilla Xamidillayevich, togʻ changʻi sport turi boʻyicha sport ustasi va “Sogʻlom turmush” medali sohibi Gayupov Anarqul Satimbekovich, veloshosse sport turi boʻyicha sport ustasi Karimov Ismoiljon Ibroximjonovich, biatlon sport turi boʻyicha sport ustasi Azamova Gulnora Ergashevna.
Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakultetida 2 ta kafedra faoliyat yuritadi.
“Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi
“Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati”kafedrasi
Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakultetida 8 ta ta’lim yo’nalishlari mavjud:
Bugungi kunda bakalavriat kunduzgi yoʻnalishida – 383 nafar, bakalavriat sirtqi yoʻnalishida – 333 nafar, jami 716 nafar talaba tahsil olmoqda. Taʼlim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
Fakultet dekani, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Davletmuratov Sultanbek Ruzimovich
Qabul kunlari: seshanba-juma: 14:00 - 17:00
O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini, o'qituvchi
Joʻrayev Ibroxim Boxodir oʻgʻli
Qabul kunlari: dushanba – payshanba: 15:00 - 17:00
Yoshlar masalalari va ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Aʼzamov Ruhullo Maxmudjon oʻgʻli
Qabul kunlari: chorshanba-juma: 15:00 - 17:00
©
Saytdagi materiallardan to`liq yoki qisman foydalanilganda, ushbu resursga havola etilishi shart
© 2022 O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
PROACTIVE MEDIA tomonidan ishlan chiqildi