🎓Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Eldor Raxmanov boshchiligida 1-bosqich magistratura talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✔️Tadbir davomida talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
🗣️Shuningdek, magistratura bosqichida dars mashg‘ulotlarini tashkil etish tartibi, HEMIS axborot tizimida o‘quv jarayonining yuritilishi bo‘yicha zarur ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash jarayoni yuzasidan ham amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
➡️Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning asosiy jihatlari alohida tushuntirib berildi.