🏆⚽️ Joriy yilning 12-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi, universitet sport klubi hamda Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamkorligida “Maydon malikalari” shiori ostida mini-futbol sport turidan “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
🌎Musobaqaning asosiy maqsadi — talaba qizlarga motivatsiya berish, ularni mini futbol turiga jalb etish hamda jamoaviy ruhni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
👦Ushbu musobaqa nafaqat g‘alaba uchun kurash, balki do‘stlik, jamoaviylik va sport orqali birlashish bayramiga aylandi. Tadbir yuqori saviyada o‘tkazilib, quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egallashdi.
🥇o‘rin — Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasining “Qalqon” jamoasi.
🥈o‘rin — Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasining “Voleybolchilar” jamoasi;
🥉o‘rin — Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasining “Regbi” jamoasiga nasib etdi.
🎉 Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tantanali tarzda tabriklandi. Tadbir talaba qizlarda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib, ularni jamoaviylik va birdamlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.